Free ebooks Library zlibrary project

Butun dunyo boʻylab keng tarqalayotgan koronavirus pandemiyasi tufayli jahon darajasidagi sport musobaqalari oʻtkazilish sanasi boshqa muddatga qoldirilmoqda.

Jumladan, Livanning Bayrut shahrida Taekvondo boʻyicha XIV Osiyo chempionati boʻlib oʻtishi belgilangan edi. Dastlabki taqvimga koʻra qitʼa chempionati 3-6-martga belgilangan edi. Biroq musobaqa koronavirus tufayli 13-15-may kunlariga qoldirilgan edi. Biroq Butunjahon taekvondo federatsiyasi rahbari Chunvon Choyning xatiga binoan aprel va may oyidagi barcha musobaqalar keyinroq muddatga qoldirildi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston terma jamoasi hozirga qadar kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 6ta oltin, 5ta kumush va 18ta bronza, jami 29ta medalni qoʻlga kiritgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

minsport.uz