Free ebooks Library zlibrary project

Bugun “Bunyodkor” stadionida 2022-yilgi U23 Osiyo kubogi saralash bahslari uchun qur’a tashlash marosimi bo’lib o’tdi.

Qur’a natijalariga ko’ra jamoalar 11 ta guruhda 15 ta yo’llanma uchun kurash olib boradigan barcha jamoalar o’z raqiblarini bilib oldi.

U23 Osiyo kubogi-2022 Saralash bosqichi bellashuvlari shu yili 23-31 oktyabr kunlari markazlashgan holda o’tkazilishi rejalashtirilgan. Saralash bosqichida 42 ishtirokchi jamoa G’arb va Sharq mintaqalariga bo’lingan holda saralash bosqichida qatnashadi.

O’zbekiston U23 terma jamoasi final bosqichi mezboni sifatida to’g’ridan-to’g’ri yo’llanmaga ega bo’ladi. Shuningdek, yoshlar terma jamoamiz saralash uchrashuvlarida ham ishtirok etadi. Shu sababli yoshlar terma jamoamizning saralash uchrashuvlarida qayd etgan natijalari hisobga olinmaydi. Vakillarimiz qatnashadigan barcha bahslar o’rtoqlik o’yini maqomiga ega bo’ladi.

O’zbekiston U23 terma jamoasi Saralash bosqichi uchrashuvlarini D guruhida o’tkazadi. Kuvayt mamlakati qabul qiladigan ushbu bahslarda U23 terma jamoamizga Bangladesh, Saudiya Arabistoni va mezbonlar Kuvayt vakillari raqiblik qiladi