Free ebooks Library zlibrary project

Bu o’zbekistonlik talabalarga qit’adagi nufuzli sport festivallaridan biri bo’lgan U19 Osiyo chempionati tashkiliy ishlariga o’z hissasini qo’shish uchun qulay imkoniyatdir.

Toshkent shahri, Namangan va Toshkent viloyatlaridagi stadionlarda o’tadigan mazkur chempionatga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish ishlarida 200 nafarga yaqin ko’ngilli talabalar qatnashishi rejalashtirilgan.

Ko’ngillilar Media va teletranslyatsiya, mehmondo’stlik xizmati, tarjimonlik va doping nazorati kabi sohalarda yordam ko’rsatadilar.

Ro’yxatdan o’tish millati va jinsi, etnik kelib chiqishidan qat’i nazar, hozirgi paytda Toshkent shahri, Namangan va Toshkent viloyatlarining birida yashovchi barcha talabalar uchun ochiqdir.


Talablar:
– Nomzod o’zi tahsil olayotgan universitet yoki kollejda birinchi kursni tamomlagan;
– kamida 18 yoshga to’lgan;
– ingliz tilni mukammal bilishi, yetarli so’z boyligiga va ravon nutqga ega;
– yuksak madaniyatli, xalqlar-madaniyatlararo muloqotni tushunadigan xushmuomala va mehmondo’st;
– turli kasbiy ko’nikmalarga ega bo’lgan yosh, g’ayratli, fidoyi va mehnatsevar bo’lishi lozim.

Nomzodlarning ushbu sohadagi tajribasi, ikkinchi chet tilini (koreys, xitoy, arab, yapon) bilishi qo’shimcha afzallik hisoblanadi.


Ko’ngillilar dastur davomida quyidagilarga ega bo’lishadi:
– Ko’ngillilar uchun uniforma;
– Bepul ovqatlanish;
– Esdalik sovg’alari;
– Tashkiliy qo’mita transportidan bepul foydalanish;
– Bebaho tajriba;
– Yangi do’stlar;
– Dasturni tamomlaganlik to’g’risida diplom.


Ro’yxatdan o’tish jarayoni:
Sizning yo’lingizdagi birinchi qadam – 2020 yil 6-sentyabrdan kechiktirmay ro’yxatdan o’tish.

Onlayn so’rovnomani to’ldirish uchun 10 daqiqa vaqt ketadi. Shuningdek, passport nusxasi (elektron) va fotosuratingizni joylashingiz zarur bo’ladi.

So’ngra bo’lajak ko’ngillilarni tanlash jarayoni boshlanadi. Dastavval, U19 Osiyo chempionati Tashkiliy qo’mitasi (LOC) jamoasi arizalarni ko’rib chiqadi va nomzodlarning mezonlarga mos kelishini hal qiladi.

Shundan so’ng, tanlab olingan nomzodlar O’zbekiston futbol assotsiatsiyasida suhbatga chaqiriladi. Toshkent shahriga kela olmaydigan talabalar uchun Skype orqali onlayn intervyu tashkil etiladi.

Yakuniy suhbatdan o’tgan ko’ngillilar haqida 2020-yil 15-sentyabrgacha axborot beriladi.

Saralashdan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar uchun trening mashg’ulotlari uyushtiriladi. Mashg’ulotlar haqidagi ma’lumotlar elektron pochta yoki Telegram messenjeri orqali yuboriladi.


RO’YXATDAN O’TISH