Tailandda o‘tayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 3-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

Guruh bosqichining oxirgi turida terma jamoamiz Janubiy Koreya bilan bahs olib bordi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shunga qaramasdan jamoamiz guruhda 2-o‘rinni band etdi va chorak finalga yo‘l oldi.

 

 

U-23 Osiyo chempionati

“C” guruhi, 3-tur

O‘zbekiston – Janubiy Koreya 1:2

Gollar: Bobir Abdixoliqov (21) – O Se Xun (5, 71)

O‘zbekiston U-23: 1.Abduvohid Ne’matov, 2.Islomjon Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullaev (Oybek Rustamov, 78), 6.Azizjon G‘aniev, 9.Jasurbek Yaxshiboev, 10.Bobir Abdixoliqov (Mirjahon Mirahmadov, 89), 19.Ilhomjon Alijonov, 20.Husniddin Aliqulov, 22.Sanjar Qodirqulov, 23.Oybek Bozorov (Nurillo To‘xtasinov, 71).

Janubiy Koreya U-23: 1.Song Bum Kun, 3.Kang Yun Sung, 5.Jeong Te Vuk (Kim Te Xyon, 83), 6.Kim Dong Xyun, 7.Vu Yong Jong, 12.Kim Je Vu, 16.Jong Sung Von (Li Dong Kyong, 60), 17.Um Von Sang, 18.O Se Xun, 20.Von Du Je, 22.Yun Jong Gyu.

Ogohlantirish: Oybek Rustamov (90+2).