Xabaringiz bor, joriy yilning 14-31 oktyabr kunlari bo’lib o’tadigan U19 Osiyo chempionatiga mamlakatimiz mezbonlik qiladi.

Pandemiya sabab OFK komissiyasi va Tashkiliy qo’mita o’z ishini masofadan davom ettiryapti.

Shu sababli, musobaqani qabul qiladigan stadionlar, zaxira maydonlari va boshqa inshootlar hamda amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha inspeksiya ishlari onlayn tarzda amalga oshirilmoqda.

Ayni kunlarda OFK inspeksiyasi vakillarining talabiga muvofiq “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, OKMK va “Navbahor” Markaziy stadioni haqida video instruksiyasi tayyorlanyapti.

Shuningdek, bajarish lozim bo’lgan vazifalar bo’yicha O’FA mutaxassislari OFK vakillari bilan onlayn tarzda muloqot olib bormoqda. Har bir yo’nalish bo’yicha onlayn yig’ilishlar o’tkazilmoqda.