Free ebooks Library zlibrary project

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol mahorat maktablarining turli yosh toifalaridagi jamoalari o’rtasida O’zbekiston kubogi bahslari boshlandi.

Joriy yilning 23-28 noyabr kunlari bo’lib o’tadigan mazkur musobaqalarga Farg’ona, Samarqand, Navoiy va Jizzax viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi mezbonlik qilmoqda.

🏆U13 O’zbekiston kubogi mezboni: Samarqand viloyati

🏆 U14 O’zbekiston kubogi mezboni: Jizzax viloyati

🏆 U15 O’zbekiston kubogi mezboni: Navoiy viloyati

🏆 U16 O’zbekiston kubogi mezboni: Qoraqalpog‘iston Respublikasi

🏆 U17 O’zbekiston kubogi mezboni: Farg‘ona viloyati