Free ebooks Library zlibrary project

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida birinchi vitse-prezident Ravshan Ermatov hamda Turkiy Kengash bosh kotibi Bagdad Amreyev boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Turkiy Kengash a’zo mamlakatlarida sportni, hususan futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, terma jamoalar hamda klublar o‘rtasida xalqaro musobaqalarni tashkil etish, futbol hakamlarini qayta tayyorlash va o‘zaro tajriba almashish, futbol assotsiatsiyalari va federatsiyalari o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari keng muhokama qilindi.

Suhbat davomida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Turkiy Kengash a’zo mamlakatlari o‘rtasida sport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligini ta’kidlab, sport barcha xalqlarni birlashtirib, madaniyatlar uyg‘unligiga xizmat qiladigan, o‘zaro hurmat tuyg‘usini uyg‘otadigan va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlaydigan muhim omil ekanligini e’tirof etdi.

Turkiy Kengash bosh kotibi Bagdad Amreyev tashkilotga a’zo mamlakatlarning Milliy hamda turli yosh toifalardagi futbol terma jamoalari o‘rtasida xalqaro musobaqalarni o‘tkazish imkoniyati mavjud ekanligini bildirib, bunday bellashuvlar turkiy xalqlar o‘rtasida nafaqat futbolni, balki o‘zaro qardoshlik aloqalarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shishi mumkin ekanligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, Bagdad Amreyev Turkiya Superkubogini O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha Turkiy Kengash muzokaralar olib borib, tashkilot homiyligida mazkur bahsni yurtimizda bo‘lib o‘tishini ta’minlash yuzasidan o‘z takliflarini berdi.

O‘z navbatida, Ravshan Ermatov Turkiy Kengash bosh kotibiga tashrif va samimiy suhbat uchun minnatdorchilik izhor etdi hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi yuqorida tilga olingan takliflar yuzasidan o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.