Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda murabbiylik sohasini rivojlantirish hamda murabbiylar malakasini oshirish maqsadida muntazam ravishda qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Shu o’rinda, 25-noyabrdan 1-dekabrga qadar O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshidagi Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida (FMTM) O’FA “D” litsenziyasi bo’yicha murabbiylik kurslari o’z yakuniga yetdi.

O’quv jarayoni O’FA instruktori Yuriy Arslanov rahbarligida olib borildi. Kursga Davron Qudratullayev koordinatorlik qildi. O’quv kursi nazariy va amaliy mashg’ulotlarni o’z ichiga oldi.

Oʼquv kursida Bahodir Mirzayev, Tolib Qosimov, Damir Timashev kabi 18 nafar futbol mutaxassislari ishtirok etdi.