Free ebooks Library zlibrary project

“Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning shaxsan oʻzlaridan Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvonini qabul qilib oldim va bundan cheksiz faxrga toʻldim!

Buning uchun Prezidentimizga oʻzim va oilam nomidan chuqur tashakkur izhor etaman.

Bu unvon men uchun katta sharaf, kuch-quvvat va oldimizdagi musobaqalardan oldin yuksak ishonchdir. InshaAlloh, nasib boʻlsa, Prezidentimiz va xalqimizning ishonchini oqlashga harakat qilamiz. Har doim Vatanimiz va bayrogʻimiz shaʼnini munosib himoya qilishga, oldimizga qoʻyilgan maqsadlarga erishish uchun bor kuchimizni safarbar qilishga vaʼda beramiz!

Yana bir bor mustaqillik bayrami hammamizga muborak boʻlsin, Vatanimiz tinch, mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!”