Free ebooks Library zlibrary project

O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi gibrid (aralash) qoplamali maydonlarni yetkazib berish va o’rnatish bo’yicha tender e’lon qiladi.

Tender komissiyasi ishchi organining nomi va manzili: “RubiCon” MChJ.

Manzil: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani, Korasu 2 massivi, 34, kv. 7. Telefon: (998 99) 876-27-20.

Tender nomi: 2 ta gibrid (aralash) qoplamali maydonlarni yetkazib berish va o’rnatish.

Tenderning eng yuqori qiymati 1 300 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Tender o’tkaziladigan manzil va joy: “Buyurtmachining” manzili: 100011 O’zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. I. Karimov, 98A. Tel / faks (+99871) 230-90-42, faks 230-90-51.

Tenderda xorijiy firma va tashkilotlar, ularga tegishli bo’lgan talablarga javob beradigan kichik korxonalar, shu jumladan mahalliy ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar) ishtirok etishlari mumkin.

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati 2021-yil 19-iyul, soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan).

Tijorat takliflari qatnashchilar tomonidan muhrlangan konvertda rasmiylashtiriladi va takliflarni qabul qilishning oxirgi muddatidan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani, Qorasu massivi 2, 34, kv. 7 manziliga yuborish so’raladi.

Tender ishtirokchilariga qo’yiladigan talablar va tender takliflarini tayyorlash bo’yicha batafsil ma’lumot tender hujjatlarida ko’rsatilgan.

Tender shartlari to’g’risida qo’shimcha ma’lumot olish uchun “RubiCon” MChJga murojaat qilishingiz mumkin.