Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, O’zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo’shma saralash bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlik jarayonini reja asosida olib bormoqda.
Shu sababli, Milliy jamoamiz uchun 6-18 noyabr kunlari Toshkent va Dubay shaharlarida o’quv-mashg’ulot yig’ini tashkil etiladi. Bosh murabbiy Vadim Abramov mazkur yig’inga 28 nafar futbolchini jalb etdi.  Ushbu yig’in doirasida Suriya hamda Iroq terma jamoalariga qarshi xalqaro o’rtoqlik o’yini rejalashtirilgan.
6-noyabr kuni terma jamoamiz vakillari Toshkentda yig’iladi va mashg’ulotlarga kirishadi. Jamoaning barcha a’zolari yig’ilgach, 9-noyabr kuni tongda O’zbekiston MTJ delegatsiyasi Toshkent-Dubay havo reysi orqali BAAga yo’l oladi.

Milliy jamoamiz 12-noyabr kuni Suriya terma jamoasiga qarshi o’rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Navbatdagi o’rtoqlik uchrashuvi esa 17-noyabr kuni Iroq vakillariga qarshi o’tkaziladi.

Yig’inga chaqiruv olgan futbolchilar ro’yxati: