Free ebooks Library zlibrary project

O’zbekiston Superliga bahslarida ishlaydigan arbitrlar va ularga nomzod bo’lgan yosh hakamlar uchun yanvar-fevral oylarida o’quv-mashg’ulot yig’inlari bo’lib o’tdi.

Shuningdek, Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida (Video Assistant Referee) video yordamchi hakamlar tayyorlash boʼyicha mavsum oldi so’nggi nazariy-amaliy seminar tashkil etildi.

VAR hakamlari maydondagi mashg’ulotlarda FIFA VAR simulyatoridan foydalangan dolzarb mavzularda, hususan jarima maydonchasidagi qoida buzishlar, ofsayd, taktik qoida buzarliklar bo’yicha o’z malakalarini oshirdi.

Seminar yakunida taniqli FIFA referisi Valentin Kovalenko hakamlik faoliyatini yakunlaganligi munosabati bilan O’FA maxsus sovrini bilan taqdirlandi. O’FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hamda futbol hakamlari ushbu mutaxassis sha’niga iliq so’zlarni aytib, intruktorlik faoliyatida muvaffaqiyat va zafarlar tiladi.