Bilasiz, O’zbekiston futzal terma jamoasi Tailandda tashkil etilgan “Continental” xalqaro turnirida ishtirok etdi.

Bahodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi jamoamiz 3-o’rin uchun Misrga qarshi kechgan bahsda 4-0 hisobida g’alaba qozonib, musobaqaning bronza medallariga ega chiqdi.

Bugun tunda futzalchilarimiz Bangkok-Istanbul-Toshkent havo reysi orqali Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi.