Free ebooks Library zlibrary project

O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi bosh kotibi Avaz Maksumov AFL – havaskorlar futbol ligasi vakili Vyacheslav Pak bilan uchrashib, yurtimizda sohil futboliga bo’lgan qiziqishni oshirish va ommalashtirish yuzasidan o’zaro hamkorlik masalalarini muhokama etdi.

Avaz Maksumov sohil futboli bo’yicha havaskorlar o’rtasidagi musobaqalarni tashkil etish ushbu sport turini mamlakatimizda taraqqiy etishiga xizmat qilishini alohida ta’kidlab, O’FA O‘zbekiston chempionati bahslarini bosqichma-bosqich qayta yo’lga qo’yishda hamkorlik aloqalarini o’rnatishga hamisha tayyor ekanligini bildirib o’tdi.

O’FA bosh kotibi sohil futboli bo’yicha havaskorlar o’rtasidagi chempionat uchrashuvlari uchun maxsus Adidas Conext 15 to’plarni topshirdi. Toshkent shahrida start olgan turnirda 8 ta havaskor jamoa ishtirok etmoqda va kecha musobaqaning dastlabki tur bahslari bo’lib o’tdi. “SYNBAD” majmuasi mezbonlik qilayotgan ushbu bellashuvlarni O’FA attestatsiyasidan o’tgan hakamlar boshqarib bormoqda.

Shuningdek, O’FA mas’ul mutaxassislari Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida sohil futboli bo’yicha O’zbekiston chempionatini o’tkazish bo’yicha tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.

Ma’lumot o’rnida, sohil futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 2007-2015 yillar davomida barcha Osiyo chempionatlari ishtirok etgan. Bundan tashqari, terma jamoamiz 2008-2014 yillarda bo’lib o’tgan Osiyo o’yinlarida ham qatnashgan.