Free ebooks Library zlibrary project

2023-yilgi U17 Osiyo kubogi saralash bosqichi bahslariga puxta tayyorgarlik ko’rish maqsadida O’zbekiston U15 terma jamoasi Toshkent va Dushanbe shaharlarida o’quv-mashg’ulot yig’inlarini olib boradi.

Bosh murabbiy Server Jeparov qo’l ostidagi o’smirlar terma jamoamiz bugun poytaxtimizdagi “Chig’atoy” stadionida mashg’ulotlarni boshlaydi va 9-avgust sanasida Tojikistonga yo’l oladi.

O’smirlarimiz 9-14 avgust kunlari Dushanbe shahrida tashkil etiladigan yig’in davomida Tojikiston U15 terma jamoasi bilan ikkita xalqaro o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazadi.

Mazkur o’rtoqlik o’yinlari 11- va 13-avgust kunlari Dushanbedagi “Respublika Markaziy” stadionida bo’lib o’tadi. Bahslar yurtimiz vaqti bilan soat 19.30 da start oladi.

Xalqaro o’rtoqlik uchrashuvlari

11.08.2021
19.30 | Tojikiston U15 – O’zbekiston U15

13.08.2021
19.30 | Tojikiston U15 – O’zbekiston U15

Yig’inga chaqiruv olgan futbolchilar ro’yxati:

          Ism-familiyasi Ampluasi Jamoasi
1.        Bo’riyev Jaxongir Darvozabon BO’SM-16
2.        Sobirov Muxamad Yusuf Darvozabon “Bunyodkor”
3.        To’labayev Diyorbek Darvozabon “Paxtakor”
4.        Li Daniyel Dju Djin Himoyachi “Paxtakor”
5.        Abdulboriyev Sherzod Himoyachi Namangan FMM
6.        Zakirjanov Bexruz Himoyachi “Odil Junior”
7.        O‘ktamov Ozod Himoyachi Toshkent shahar FMM
8.        Shukurullayev Bexruz Himoyachi “Paxtakor”
9.        Xalilov Boxodir Himoyachi “Nasaf”
10.    Panfyorov Danil Himoyachi BO’SM-16
11.    Bobomurodov Fozil Himoyachi “Bunyodkor”
12.    Tulkunbekov Aziz Yarimhimoyachi “Bunyodkor”
13.    Nugumanov Daniil Yarimhimoyachi “Paxtakor”
14.    Gafurjonov Begzod Yarimhimoyachi “Feniks”
15.    Mirusmonov Mirmaxsud Yarimhimoyachi BO’SM-16
16.    Xoshimbayev Joxongir Yarimhimoyachi “Lokomotiv”
17.    Karimov Ollabergan Yarimhimoyachi “Bunyodkor”
18.    Saidov Amir Hujumchi “Bunyodkor”
19.    Tursunaliyev Ibroxim Hujumchi “Lokomotiv”
20.    Turg’unboyev Xamid Hujumchi Andijon FMM
21.    Mirzagit Aliyev Hujumchi Xorazm FMM
22.    Ismoilov Sultan Hujumchi “Feniks”
23.    Mirhalilov Mirjalol Hujumchi “Spartak”