Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq O’zbekiston U23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlanishi e’lon qilindi.

Ushbu quvonchli xabardan so’ng, Ravshan Haydarov o’z fikrlarini bildirdi.

Avvalambor, vatanimiz Mustaqillik bayrami arafasida Prezidentimiz kamtarona xizmatlarimni e’tirof etib, faxriy unvon bilan taqdirlaganlari uchun yurtboshimizga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.

Mazkur unvon – ulkan ishonch va mas’uliyat deganidir. Bu xalqaro maydonlarda vatanimiz sha’nini munosib himoya qilish, o’zbek sporti obro’sini yuqori cho’qqilarga olib chiqishga turtki bo’ladi.

Shuningdek, ushbu unvon yosh avlodni vatanga sadoqat, ona-yurtga muhabbat hissi bilan tarbiyalashda, ularni kuchli va iste’dodli futbolchi bo’lib yetishishida yanada ko’proq mehnat qilishimizga kuch-g’ayrat bag’ishlaydi.

Xalqimizni mamlakatimiz istiqlolining shonli sanasi bilan tabriklayman. Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!