Ayni kunlarda Xorazm va Namangan viloyatlarida “Professional futbol maktablari ligasiʼʼ boʻlib oʻtmoqda. Ayni paytga kelib esa turnir hal qiluvchi pallaga kelib qolgan.

Shu munosabat bilan, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi mutaxassislar Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv avvalida Ravshan Ermatov futbol mahorat maktabidagi holatni koʻzdan kechirdi. Futbolchilarning yashash sharoitlari va ularning boʻsh vaqtlarini tashkil etilishi borasida qilingan ishlar bilan tanishdi.

Yosh futbolchilar bilan muloqot ochiq tarzda oʻtib, unda avvalo mamlakatimizda yoshlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor va yaratilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, sport musobaqalari haqida suhbatlashildi.

Shu oʻrinda Ravshan Ermatov mazkur musobaqada ishtirok etayotgan barcha yosh futbolchilarga omad tiladi.

Uchrashuv davomida OʻFA birinchi vitse-prezidenti musobaqada faoliyat yuritayotgan hakamlar, jamoalar murabbiylari, futbol akademiya maʼmuriyati bilan ham suhbatlashib, ularga tegishli tavsiyalar berdi.