Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, joriy yilning oktyabr oyida mamlakatimiz U19 Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

Mazkur musobaqada Timur Kapadze boschiligidagi U19 O’zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Hozirda ushbu terma jamoamiz vakillari yuzaga kelgan qisqa tanaffusdan so’ng ikkinchi tayyorgarlik yig’inini o’tkazmoqda.

TTYMI stadionida bo’lib o’tgan bugungi mashg’ulot jarayonini O’FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ham kuzatib bordi.

Ravshan Ermatov futbolchilarning jismoniy holati, kayfiyati va mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, O’FA birinchi vitse-prezidenti o’zining jahon futbolidagi tajriba va ko’nikmalarini yosh futbolchilar bilan o’rtoqlashdi.

Ularga bo’lajak Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Jahon chempionati yo’llanmasi hamda chempionlikni qo’lga kiritishda omad tiladi.

Eslatib o’tamiz, U19 O’zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati guruh bosqichi doirasida Eron, Indoneziya va Kambodja vakillariga qarshi maydonga tushadi.