Free ebooks Library zlibrary project

Bahrayn mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatida ishtirok etadiganU16 O‘zbekiston terma jamoasi ayni kunlarda “Chig‘atoy” bazasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda.

Kecha bo‘lib o‘tgan mashg‘ulot jarayonini O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ham kuzatib bordi.

O‘FA birinchi vitse-prezidenti o‘smirlar terma jamoasiga yaratib berilgan sharoitlar va vitaminizasiya masalalari hamda ularning jismoniy holati, kayfiyati bilan yaqindan tanishdi.

Ravshan Ermatov o‘smirlarimiz bilan o‘zaro suhbat davomida qit’a birinchiligida munosib tarzda ishtirok etib, jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda bor kuch-imkoniyatlarni ishga solish, murabbiylar ko‘rsatmalariga to‘liq rioya etish, doim maqsad sari intilish muhim ekanligini ta’kidladi.

Ma’lumot o‘rnida, U16 O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindiston jamoalari bilan birgalikda C guruhidan joy oladi.