Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Kiyev shahridagi xalqaro xotira turnirida ishtirok etishi haqida xabar bergandik. “JAR” majmuasida oʻtkazilgan soʻnggi nazorat oʻyiniga OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyurib, yosh futbolchilar bilan uchrashdi va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Server Jeparov boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va imkoniyatlari xususida suhbat qurdi va kerakli koʻrsatmalar berdi. Ushbu avlod keyinchalik 2028-yilgi Olimpiadaga borishi mumkinligi sababli OʻFA tomonidan hozirdan tayyorgarlik jarayonlariga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

Ravshan Ermatov ertaga Ukraina poytaxtiga yoʻl oladigan oʻsmirlar terma jamoamizga omad tilab, xalqaro maydonda Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilish muhim ekanligini taʼkidladi.

“Sizda kelajakda Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisiga aylanish imkoni bor. Ana shu orzuga yetishish uchun hozirdan oʻz oldingizga yuqori maqsad qoʻyishingiz kerak. Bunga iroda, sabr, intizom kabi xislatlarni namoyish etib, eng muhimi, tinmay mehnat qilgan holda erishish mumkin”, deya taʼkidladi Ermatov.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston U16 terma jamoasi 25-30 avgust kunlari Kiyev shahrida tashkil etiladigan xalqaro turnirda Turkiya, Slovakiya va Gruziya oʻsmirlari bilan “B” guruhdan joy olishdi. “A” guruhida esa Bolgariya, Belarus, Ukraina va Armaniston jamoalari bahs olib borishadi.