O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov FIFA tomonidan ilgari surilayotgan Jahon chempionatlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha taklifiga javoban dunyo futbol ommasiga video-murojaat yo‘lladi.

Unda o‘zbekistonlik futbol muxlislarining 30 yillik orzusi hisoblanadigan Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyati oshishiga xizmat qiladigan FIFA tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.