Free ebooks Library zlibrary project

Bugun Toshkentda (Video Assistant Referee) video yordamchi hakamlar tayyorlash boʼyicha navbatdagi seminarga start berildi. Mazkur seminar VAR tizimi bilan ishlaydigan hakamlar koʼnikmalarini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Seminarda mamlakatimizning har bir hududidan jami 60 nafar bosh hakam hamda yordamchi hakamlar ishtirok etishmoqda. Amaliy va nazariy maʼruzalarni FIFA yoʼriqchisi Farhod Аbdullaev olib bormoqda. Oʼquv jarayoni 23-fevralga qadar davom etadi.

Ushbu jarayonda hakamlar VAR qaydnomasini toʼldirish, uchrashuvlar davomida mazkur tizimdan qay tariqa samarali foydalanish boʼyicha zarur bilim hamda koʼnikmalarga ega boʼlishadi.

Taʼkidlash joiz, VAR tizimi boʼyicha ishlash uchun hakamlar maʼlum belgilangan soatlar miqdorida tahsil olishlari lozim boʼladi. Oʼzbekistonlik hakamlarning mazkur yoʼnalish boʼyicha tahsil olish jarayoni 9 oy davom etishi koʼzda tutilgan.