Free ebooks Library zlibrary project

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizda hakamlik sohasini rivojlantirish, futbol hakamlari malaka va salohiyatini oshirish, halollik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan qator tizimli ishlar muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Joriy yilning 13-16 iyul kunlari Toshkent shahrida Superliga, Pro liga, Birinchi liga va ayollar futboli chempionatlarida faoliyat olib borayotgan hakamlar uchun o’quv-mashg’ulot yig’ini tashkil etildi.

Unda hakamlar va ularning yordamchilari jismoniy tayyorgarlik bo’yicha normativ imtihonlarni topshirdi. Shuningdek, mazkur normativda bosh hakamlar uchun FIFAning “Yo yo” testi joriy etildi va ular ushbu testdan muvaffaqiyatli o’tdi.

Yig’in davomida hakamlarning nazariy bilim va ko’nikmalarini ko’zdan kechirildi, ularning davralar oralig’idagi tayyorgarligini yaxshilash bo’yicha amaliy mashg’ulotlar olib borildi. Bu yilgi mavsum uchrashuvlaridagi hakamlarning xatti-harakatlari videomateriallar asosida tahlil qilindi.