Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, U23 Osiyo kubogi final bosqich bellashuvlari 2022-yili O’zbekiston maydonlarida tashkil etiladi.

2024-yilgi Parij Olimpiadasiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida O’zbekiston U21 terma jamoasi U23 Osiyo kubogida ishtirok etadigan bo’ldi.

Yurtimizda o’tadigan chempionat yo’llanmasiga ega hisoblangan yoshlar terma jamoamizda saralash bosqich uchrashuvlarida qatnashish imkoniyati ham bor. Kuvaytda o’tadigan “D” guruhi saralash o’yinlarida vakillarimizga Kuvayt, Saudiya Arabistoni va Bangladesh yoshlari raqiblik qiladi.

Ushbu saralash bahslariga hozirlik ko’rish uchun Timur Kapadze murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz kecha Toshkent shahrida o’quv-mashg’ulot yig’inini boshladi. Mashg’ulotlar 4-sentabrga qadar davom etadi. Yig’in davomida yoshlar terma jamoamiz bir necha o’rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.

Murabbiylar shtabi mazkur yig’inga 25 nafar futbolchini jalb etgan.

Ism-familiyasi Ampluasi Jamoasi
1. Shukron Yo’ldoshev Darvozabon “Paxtakor”
2. Vladimir Nazarov Darvozabon “Olimpik”
3. Hamidullo Abdunabiyev Darvozabon “Olimpik”
4. Doston Tursunov Himoyachi “Olimpik”
5. Xamidjon Rustamxonov Himoyachi “Olimpik”
6. Shohjahon Sultonmurodov Himoyachi “Olimpik”
7. Shahzod Toirov Himoyachi “Olimpik”
8. Saidazamat Mirsaidov Himoyachi “Olimpik”
9. Muhammadqodir Xamraliyev Himoyachi “Dinamo”
10. Asliddin Toshtemirov Himoyachi “Turon”
11. Sunnatullo Hamidjonov Himoyachi “Olimpik”
12. Abubakir Turdaliyev Himoyachi “Nasaf”
13. Murod Raxmatov Yarimhimoyachi “Nasaf”
14. Davron Anvarov Yarimhimoyachi “Olimpik”
15. Farruxbek Muxtorov Yarimhimoyachi “Olimpik”
16. Behzod Shamsiyev Yarimhimoyachi “Olimpik”
17. Diyor Xolmatov Yarimhimoyachi “Paxtakor”
18. Ibragim Ibragimov Yarimhimoyachi “Metallurg”
19. Diyorbek Raximkulov Yarimhimoyachi “Andijon”
20. Jasurbek Jaloliddinov Yarimhimoyachi “Lokomotiv”
21. Alisher Odilov Hujumchi “Olimpik”
22. Ruslan Jiyanov Hujumchi “Olimpik”
23. Otabek Jo‘raqo‘ziyev Hujumchi “Olimpik”
24. Ulug’bek Xoshimov Hujumchi “Neftchi”
25. Xuseyn Norchayev Hujumchi “Nasaf”