Free ebooks Library zlibrary project

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida O’FA birinchi vitse-prezident Ravshan Ermatov hamda Tojikiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Dilshod Jurazoda boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O’zbekiston va Tojikistonda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, futbol hakamlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning o‘zaro tajriba almashishini ta’minlash bo’yicha har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari keng muhokama etildi.

Shuningdek, Milliy hamda turli yosh toifalardagi futbol terma jamoalari o‘rtasida xalqaro musobaqalarni tashkil etish kelajakda o’zbek-tojik xalqlari o‘rtasida nafaqat futbolni, balki o‘zaro qardoshlik aloqalarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shishi mumkin ekanligi alohida ta’kidlandi.

Suhbat davomida TFF vitse-prezidenti Dilshod Jurazoda O’FA qoshida tashkil etilgan Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi faoliyatini yuqori baholadi va qizish bildirdi.

O’z navbatida, Ravshan Ermatov Tojikiston futbol federatsiyasi bilan o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirib, delegatsiyasi vakillariga tashrif va samimiy suhbat uchun minnatdorchilik izhor etdi.