Free ebooks Library zlibrary project

O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi “Yuksalish” umummilliy harakati tashabbusini qo’llab quvvatlagan holda, COVID-19 ga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatayotgan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi vakillariga minnatdorlik izhor etish uchun “Shifokorlarga rahmat!” fleshmob-aksiyasiga qo’shildi.

Joriy yilning 21-iyulidan boshlab Toshkent shahri va barcha viloyatlar markazlari bo’ylab amalga oshirilgan “chellenj”ning navbatdagi manzili “Lokomotiv” stadioni bo’ldi.

O‘zbekiston – Tojikiston xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan futbolchilar maxsus dizaynda ishlangan hamda o’zbek va tojik tillarida minnatdorchilikni aks ettiruvchi “Rahmat!” va “Сипос!” yozuvi tushirilgan futbolkalarda maydonga chiqib kelishdi.

Bu bilan sportchilar ayni vaqtda koronavirus infeksiyasi (COVID-19)ga qarshi kurashda old saflarda turib “jang qilayotgan” va har kuni haqiqiy qahramonlar kabi jasorat ko‘rsatib, bemorlar hayotini saqlab qolayotgan tibbiyot xodimlariga cheksiz hurmat va ehtirom izhor etdi.