Free ebooks Library zlibrary project

U23 Osiyo kubogi saralash bahslariga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkent shahrida o’quv-mashg’ulot yig’inini boshladi.

17-fevralga qadar poytaxtimizdagi “Chig’atoy” stadionida o’tadigan mashg’ulotlarga murabbiylar shtabi 26 nafar futbolchini jalb etdi. Ravshan Haydarov murabbiyligi ostidagi yoshlarimiz yig’in davomida Superliga klublariga qarshi 3 ta nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.

Dastlab, U22 terma jamoamiz “Andijon” klubi bilan bahs olib boradi. Ikki kun o’tib esa ular “Qo’qon-1912” vakillariga qarshi maydonga tushadi. Yig’in so’nggida Superliganing yana bir a’zosi “Metallurg” bilan nazorat uchrashuvi bo’lib o’tadi. Barcha o’yinlar “JAR” o’yingohida o’tkazilishi rejalashtirilgan.

O’zbekiston U22 terma jamoasining nazorat uchrashuvlari

13-fevral | O’zbekiston U22 – “Andijan”

15-fevral | O’zbekiston U22 – “Qo’qon-1912”

17-fevral | O’zbekiston U22 – “Metallurg” 

Ism-familiyasi Ampluasi Klubi
Ergashev Umidjon Darvozabon Nasaf
Muxammadjonov Mashxur Darvozabon Neftchi
Isakov Azizxon Darvozabon Paxtakor
Komilov Dilshod Himoyachi Lokomotiv
Kuybokov Nodirbek Himoyachi So’g’diana
Abdurashidov Abdulaziz Himoyachi Turon
Yokubov Jasurbek Himoyachi Surxon
Yuldashev Ibroxim Himoyachi Surxon
Jumayev Jasur Himoyachi Nasaf
Kamolov Abdugani Himoyachi Buxoro
Abdullayev Bek Himoyachi Bunyodkor
Azmiddinov Shaxzod Himoyachi Paxtakor
Chobanov Marlen Himoyachi Paxtakor
Sobirjonov Asad Yarimhimoyachi Paxtakor
Nasriddinov Daniel Yarimhimoyachi So’g’diyona
Saidazimov Kamron Yarimhimoyachi Andijon
Komilov Shoxmalik Yarimhimoyachi Nasaf
Askarov Boburjon Yarimhimoyachi Lokomotiv
Jaloliddinov Jasur Yarimhimoyachi
Iminov Xumoyun Yarimhimoyachi Paxtakor
Izzatov Suxrob Yarimhimoyachi Bunyodkor
Ulmasaliyev Avaz Yarimhimoyachi Lokomotiv
Jurayev Anvar Yarimhimoyachi Buxoro
Kudratullayev Maxmud Hujumchi Metallurg
Abduraxmanov Shoxrux Hujumchi Dinamo
Abdumannopov Doniyor Hujumchi Andijon