U23 Osiyo kubogi saralash bahslariga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyada tashkil etiladigan xalqaro turnirda ishtirok etadi.

Ravshan Haydarov murabbiyligi ostidagi yoshlar terma jamoamiz 20-mart kuni Toshkentda yig’iladi va va 22-mart kuni Antalya shahriga yo’l oladi.

24-29 mart kunlari bo’lib o’tadigan “Antalya Cup 2021” xalqaro musobaqasida yoshlarimiz Slovakiya, Ukraina va Qozog’istondan tashrif buyurgan tengdoshlariga qarshi bahs olib boradi. Murabbiylar shtabi mazkur turnirga 25 nafar futbolchini jalb etishni rejalashtirgan.

“Antalya Cup 2021” xalqaro turniri
Antalya, Turkiya

1-tur | 25.03.2021
O’zbekiston – Slovakiya

2-tur | 27.03.2021
Ukraina – O’zbekiston

3-tur | 29.03.2021
O’zbekiston – Qozog’iston