Free ebooks Library zlibrary project

Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda.

Yoshlarimiz bugun navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Raqib – Bolgariyaning eng nomdor klubi “Levski Sofiya” jamoasining asosiy tarkibi bo‘ldi. Uchrashuvda bolgariyaliklar 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Tarkibimizdagi yagona golga Ulug‘bek Xoshimov mualliflik qildi.

 

O‘rtoqlik o‘yini | 4-fevral

“Levski Sofiya” (Bolgariya) – O‘zbekiston U-19 4:1

Gollar: Martin Petkov (4), Zdravko Dimitrov (35), Nosir Muhammad (40), Marin Petkov (42) – Ulug‘bek Xoshimov (53).

O‘zbekiston U-19: Shukron Yuldashev, Shoxjahon Sultonmurodov, Alibek Davronov, Eldorbek Begimov, Jafar Karimov, Abdurauf Bo‘riyev, Ibrohim Ibragimov, Muhammadqodir Rahimberganov, Asadjon Azimjonov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev, Abdulaziz Abdusalomov.

Zaxira: Islom Abdullaxonov, Izzatilla Tursunov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Jasur Xoldorov, Saidazamat Mirsaidov, Abubakr Turdaliyev, Muhammadaziz Ibrohimov, Diyor Rahimqulov, Diyor Ramazonov, Jasur Jaloliddinov, Muzaffar Olimjonov, Ulug‘bek Xoshimov, Ruslan Roziyev.