Free ebooks Library zlibrary project

Kelasi yili bo’lib o’tadigan o’smir qizlar o’rtasida U17 Osiyo chempionati saralash bahslarining dastlabki bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi 23-dekabr kuni o’tkazilishi ma’lum qilindi.

Mazkur marosim Osiyo Futbol Konfederatsiyasining Kuala-Lumpur shahridagi bosh qarorgohida o’tkazilishi rejalashtirilgan.

U17 Osiyo chempionati saralash bahslari reja bo’yicha ikki bosqichda o’tkaziladi. Kelasi yilning 7-11 aprel kunlari dastlabki bosqichda jami 32 jamoa vakillari 8 guruhga bo’lingan holda, navbatdagi bosqichning 8 yo’llanmasi uchun bellashadilar.

Mazkur guruh uchrashuvlariga Avstraliya, Bangladesh, Iordaniya, Qirg’iziston, Mongoliya, Myanma, Tojikistan va Vyetnam mamlakatlari mezbonlik qiladi.

Ilhom Xanjariyev murabbiyligi ostidagi U17 O’zbekiston o’smir qizlar terma jamoasi qur’a tashlash marosimida 2-savatchadan o’rin oladigan bo’ldi.

Qur’a savatchalari:

Mezbonlar savatchasi: Avstraliya, Bangladesh, Iordaniya, Qirg’iziston, Mongoliya, Myanma, Tojikiston, Vyetnam

1-savatcha: Janubiy Koreya, Tailand, Laos, Eron

2-savatcha: Filippin, Xitoy Taypeyi, Hindiston, O’zbekiston, Gongkong, Singapur, Indoneziya

3-savatcha: Livan, Malayziya, Nepal, BAA, Guam, Pokiston, Falastin, Shimoliy Mariana orollari, Shri Lanka

4-savatcha: Iroq, Maldiv orollari, Suriya, Turkmaniston

Qur’a mexanizmi: Mezbonlar savatchasi → 1-savatcha → 2-savatcha → 3-savatcha → 4-savatcha