Free ebooks Library zlibrary project

Oʻyin haqida
– Bugun gʻalaba qozonib, butun xalqimizni xursand qilmoqchi edik. Biroq bu ishni uddalay olmadik. Buning uchun uzr soʻrayman. Nasib emas ekan. Barcha muxlislarimizga rahmat aytamiz. Keyingi turnirlarda yaxshiroq natija qayd etishga harakat qilamiz.

Boʻriyevning oʻyin davomidagi harakatlari
– U oʻyin davomida yaxshi harakat qildi. Bugun oʻyin qiyin boʻldi. Afsuski, magʻlubiyatga uchradik. Bolalarga rahmat aytaman. Bu bizga katta maktab boʻldi, bu magʻlubiyatdan keyin yanada kuchliroq boʻlamiz deb umid qilaman.

Charchoq haqida
– Albatta, bu turnirda hamma jamoada charchoq bor, ayniqsa finalchilarda. Chunki uzoq yoʻl bosib oʻtiladi. Bugun bolalar borini berib harakat qilishdi.

Bizning bu jamoani tashkil qilganimizda asosiy maqsad – Olimpiada. Biz bu turnirda yoshroq futbolchilar bilan ishtirok etgan boʻlsak ham yaxshi natija qayd eta oldik, deb oʻylayman. Bu turnir futbolchilarni ham ruhan, ham jismonan koʻrib oldik. Bolalar zoʻr oʻynadi, men ulardan faxrlanaman.
Qaysidir oʻyinda, qaysidir futbolchi yaxshiroq oʻynadi, qaysidirida esa boshqasi. Aytishim kerak, hali yanada oʻsishimiz kerak.

– Futbol shunday narsa – uzoq dam ololmaysiz. Oʻyin tugagandan keyin u tarixga kiradi. Siz keyingi oʻyinga tayyorgarlik koʻrishingiz kerak. Toʻgʻri, futbolchilarimda ruhiy va jismoniy tomonlama biroz toliqish bor. Lekin hayot davom etadi.