Free ebooks Library zlibrary project

Bahraynda o‘tadigan U16 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko’rayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi qisqa tanaffusdan so’ng yana mashg’ulotlarni davom ettirmoqda.

Bugun Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi O’zbekiston U16 terma jamoasi poytaxtimizdagi “Chig’atoy” bazasida o’quv-mashg’ulot yig’inini o’tkazdi.

O’smirlar terma jamoamizning bu galgi mashg’ulotlariga 25 nafar futbolchi jalb etilgan. Shuningdek, yig’in avvalidan barcha futbolchi va murabbiylar shtabi tibbiy tekshiruvdan o’tkazildi.

Quyida ilk mashgʼulotdan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin: