Free ebooks Library zlibrary project

Yana sanoqli soatlardan so‘ng Tailand yashil maydonlarida futbol bo‘yicha 23 yoshgacha o‘yinchilar o‘rtasida Osiyo chempionati start oladi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi esa ilk o‘yinini 9-yanvar sanasida Eronga qarshi o‘tkazadi.

Lyubinko Drulovich shogirdlari mazkur uchrashuvga hozirlik jarayonini davom ettirishmoqda. Bugun ham olimpiyachilarimiz tushdan so‘ng mashg‘ulot o‘tkazishdi.

Mashg‘ulot jarayonining dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o‘tdi. Mashg‘ulotni kuzatish uchun OFK media bo‘limi xodimlari, mahalliy Tailand nashrlari va o‘zbekistonlik bir qator jurnalistlar tashrif buyurishdi.

Mashg‘ulot ancha qiziqarli tarzda kechdi. Tarkibdagi barcha futbolchilar yuqori kayfiyatda oldindagi mas’uliyatli uchrashuvga hozirlik olib borishmoqda.

Quyida mashg‘ulotdan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin: