Free ebooks Library zlibrary project

O’zbekiston milliy terma jamoasi uchun JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo’shma saralash bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlik rejasidan o’rin olgan navbatdagi o’quv-mashg’ulot yig’ini fevral oyida tashkil etiladi.

Vadim Abramov boshchiligidagi Milliy jamoamiz 8-18 fevral kunlari Dubay shahrida mashg’ulot olib boradi va yig’in davomida uchta o’rtoqlik o’yini o’tkazilishi reja ostiga olingan.

Hususan, 15-fevral kuni MTJ a’zolari BAA futbol assotsiatsiyasi maydonida Iordaniya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Qolgan ikki o’rtoqlik uchrashuvi uchun raqib jamoalar bilan muzokaralar davom etmoqda.