Free ebooks Library zlibrary project

Eronda davom etayotgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Nepal bilan to‘qnash keldi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Natijada futzalchilarimiz qit’a chempionati final bosqichi yo‘llanmasini naqd qilishdi.

Osiyo chempionati-2020 saralashi

Markaziy va Janubiy mintaqa | “A” guruhi

Nepal – O‘zbekiston 1:4

Gollar: Husniddin Nishonov (3, 8). Akbar Usmonov (13). Dilshod Rahmatov (21) – Mani Kumar Lama (19).

O‘zbekiston: 1.Rustam Umarov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhomjon Xamroev, 8.Xusniddin Nishonov, 14.Sunnatullo Jo‘raev.

Zaxira: 12.Ravshan Eliboev, 2.Xushnur Erkinov, 3.Mashrab Adilov, 5.Shahzod Sadiev, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Dilmurod Shavkatov, 10.Davron Choriev, 11.Akbar Usmonov, 13.Dilmurod Jumaev.