Free ebooks Library zlibrary project

O’zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo’shma saralash bosqichiga tayyorgarlik jarayonini reja asosan, noyabr oyidagi FIFA kunlarida o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazadi.

BAAda tashkil etiladigan mazkur yig’in doirasida terma jamoamiz a’zolari ikkita xalqaro o’rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Vadim Abramov boshchiligidagi Milliy jamoamiz 12-noyabr kuni Suriya terma jamoasi bilan o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazadi.

Dubayda o’tadigan mashg’ulotlar davomida terma jamoamiz shuningdek Iroq vakillari bilan kuch sinashadi. Mazkur o’rtoqlik o’yini 17-noyabr sanasiga rejalashtirilgan.