Free ebooks Library zlibrary project

O’zbekiston futzal terma jamoasi qisqa tanaffusdan so’ng Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettiradi.

Baxodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi futzalchilarimiz bugun o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazish uchun Olmaliq shahrida jamlandi.

Murabbiylar shtabi 17-sentyabrga qadar davom etadigan mazkur yig’inga 20 nafar futzalchini jalb etgan.

Futzal terma jamoamiz Osiyo chempionati “C” guruhida Bahrayn, Xitoy va Indoneziya vakillari bilan kurash olib boradi. Mazkur chempionatda muvaffaqiyatli ishtirok etgan 5 ta jamoa 2021-yilgi futzal bo’yicha Jahon chempionatiga yo’llanmani qo’lga kiritadi.