Bugun O’zbekiston futzal terma jamoasi Tailand mezbonlik qilgan “Continental” xalqaro turniridagi so’nggi uchrashuvi o’tkazdi.

Futzalchilarimiz 3-o’rin uchun tashkil etilgan bahsda Afrikaning 3 karra chempioni Misr vakillari bilan kuch sinashdi.

Anasxon Rahmatovning dubli hamda Ixtiyor Ropiyev va Akbar Usmonov tomonidan kiritilgan gollar yakunda futzal terma jamoamizga 4-0 hisobidagi yirik g’alaba bilan bir qatorda musobaqaning 3-o’rnini taqdim etdi.

Tailand va Eron vakillari o’rtasida o’tgan final uchrashuvida esa forslar 5-1 hisobida g’alaba qozonib, turnir chempionligini qo’lga kiritdi.

“Continental” xalqaro turniri

3-o’rin uchun bahs

O’zbekiston 4-0 Misr

Gollar: Anasxon Rahmatov 21′, 40′, Ixtiyor Ropiyev 25′, Akbar Usmonov 26′