Free ebooks Library zlibrary project

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan futbol mavsumining davom ettirilishiga qaratilgan tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Yaqin vaqt ichida start oladigan chempionat o‘yinlariga jamoalar bilan bir qatorda hakamlar ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishyapti. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov tomonidan o‘tkazilgan bo‘linmalar rahbarlari ishtirokidagi majlisda hakamlar masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilib, yuqori talab qo‘yilgandi. Ana shu talablarni bajarish maqsadida hakamlar, nazoratchilar hamda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va vitse-prezident maslahatchisi Rahmiddin Zikriyayev ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda hakamlik masalasiga tanqidiy munosabat bildirilib, muxlislarning futbolga bo‘lgan qiziqishini yana-da oshirishda hakamlarning professional darajada ishlashi juda muhim ekanligi taʼkidlandi. Superliganing bo‘lajak o‘yinlari oldidan referi va laynsmenlar halol hamda shaffof faoliyat olib borishi talab etildi. Har bir mutaxassis ishi O‘FA rahbariyati tomonidan jiddiy nazorat qilib boriladi. Yig‘ilishning o‘zida avvalgi faoliyatida kamchiliklar kuzatilgan bir necha hakamlar jiddiy ogohlantirish oldi. Chempionatimizda ishlaydigan hakamlardan o‘yinlarni professional va adolatli boshqarish talab etildi. Shu bilan birga hakamlarning ishiga taʼsir qiluvchi holatlar, futbolchilar, murabbiylar va klublar rahbarlari tomonidan hakamlarga bosim o‘tkazish harakatlariga qarshi keskin choralar ko‘riladi. Superliga, Proliga va barcha ichki musobaqalarda faqatgina mahoratli va fidoiy referilarni saralab olish borasida ishlar amalga oshirilishi taʼkidlandi.