Free ebooks Library zlibrary project

Avval xabar berganimizdek, O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi 2022-yilgi U20 Osiyo kubogi final bosqichini yurtimiz maydonlarida o’tkazish maqsadida OFKga murojaat xati yo’llagan edi.

OFK har bir talabgor a’zo assotsiatsiya bilan tender jarayoniga doir zaruriy hujjatlar ustida ish olib bordi va chempionatning rasmiy mezboni bugun e’lon qildi.

Ayollar futboli bo’yicha OFK qo’mitasining qaroriga ko’ra U20 Osiyo kubogi-2022 bellashuvlari O’zbekiston maydonlarida o’tkaziladi. Mazkur chempionat bahslari 2022-yil 4-17 aprel kunlari bo’lib o’tishi rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot o’rnida, mazkur chempionatda yuqori uch o’rinni egallagan terma jamoalar 2022-yilgi U20 Jahon chempionati yo’llanmasini qo’lga kiritadi.