Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, joriy yilning 13-18 avgust kunlari O’zbekiston o’smirlar terma jamoasiga munosib nomzodlarni saralash maqsadida Toshkent viloyatida 2005-yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilardan iborat hududiy terma jamoalari o’rtasida Respublika musobaqasi o’tkazildi.

Mazkur bellashuvlarda o’z iqtidorini namoyish etgan yosh futbolchilar O’zbekiston U16 terma jamoasiga jalb etildi.

Server Jeparov murabbiyligi ostidagi o’smirlar jamoamiz kecha “Chig’atoy” stadionida o’quv-mashg’ulot yig’ini boshladi. Jamoa vakillari 24-avgustga qadar mashg’ulotlarni davom ettiradi va xalqaro turnirda ishtirok etish uchun Kiyev shahriga yo’l oladi.

U16 terma jamoamiz 25-30 avgust kunlari Ukraina poytaxtida tashkil etiladigan “Viktor Bannikov” xalqaro xotira turnirida qatnashadi. Vakillarimiz guruh bosqichida Turkiya, Slovakiya va Gruziya o’smirlari bilan bahs olib boradi.

“Viktor Bannikov” xalqaro xotira turniri

“B” guruhi

26.08.2021
17.00 | Slovakiya – O’zbekiston

27.08.2021
17.00 | O’zbekiston – Gruziya

29.08.2021
17.00 | O’zbekiston – Turkiya

O’quv-mashg’ulot yig’iniga jalb etilgan futbolchilar ro’yxati:

Ism-familiyasi Ampluasi Jamoasi
1. Murkayev Maksim Darvozabon “Paxtakor”
2. Rustamov Umar Darvozabon “Bunyodkor”
3. No’monov Asilbek Darvozabon  “Nasaf”
4. Zaxidov Muxammadali Himoyachi “Paxtakor”
5. Jamolov Asadbek Himoyachi “Bunyodkor”
6. Omonaliyev Abdullox Himoyachi “Bunyodkor”
7. Xamidov Muxammad Himoyachi TCHOZK
8. Rejabboyev Abubakir Himoyachi “Andijon”
9. Xamzayev Ziyedbek Himoyachi “Paxtakor”
10. Axmadjonov Narimon Himoyachi “Bunyodkor”
11. Adxamov Sarvar Himoyachi “Paxtakor”
12. Ashurov Laziz Yarimhimoyachi TCHOZK
13. Imamov Shaxzod Yarimhimoyachi “Paxtakor”
14. Ortikov Abduazim Yarimhimoyachi “Bunyodkor”
15. Saidnurullayev Umarali Yarimhimoyachi “Paxtakor”
16. O’runboyev Muxammadali Yarimhimoyachi “Paxtakor”
17. Xamraboyev Zayniddin Yarimhimoyachi “Andijon”
18. Usmonov Aziz Hujumchi “Andijon”
19. Abdumannonov Ravshan Hujumchi “Paxtakor”
20. Karimov Xamidullo Hujumchi “Andijon”
21. Komilov Murodjon Hujumchi RSMOOM
22. Soliyev Iskandar Hujumchi “Bunyodkor”
23. Abdumalikov O’ktam Hujumchi “Andijon”