BAAdagi o’quv-mashg’ulot yig’indan so’ng O’zbekistonga qaytgan o’smirlar terma jamoasi uchun Toshkentda 2 ta nazorat uchrashuvi tashkil etildi.

Dastlab U16 O’zbekiston terma jamoasi “Qibray” stadionida “Paxtakor U21” vakillari bilan o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazdi. Mazkur bahsda tomonlar murosa yo’lini tanladi (2-2).

Bugun Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi o’smirlarimiz “Lokomotiv U21” jamoasi bilan kuch sinashdi. “TTYMI” stadionida o’tgan bahsda “temiryo’lchilar” 4-0 hisobida g’alaba qozondi.