Free ebooks Library zlibrary project

Bilasiz, O’zbekiston U15 terma jamoasi o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazish uchun kecha Tojikiston poytaxtiga yetib bordi.

Dushanbe shahridagi “Atlas” mehmonxonasiga joylashgan Server Jeparov murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz kunning ikkinchi yarmida dastlabki mashg’ulotlarni o’tkazdi.

O’smirlarimiz mazkur yig’in davomida tojikistonlik tengdoshlari bilan ikkita xalqaro o’rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Ertaga Dushanbedagi “Respublika Markaziy” stadionida mazkur jamoalar o’rtasida o’rtoqlik o’yini bo’lib o’tadi. Uchrashuv yurtimiz vaqti bilan soat 19.30 da boshlanadi.