O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik rejasidan o’rin olgan navbatdagi o’quv-mashg’ulot yig’inini tamomladi.

Yig’in so’nggida o’smirlarimiz “Chig’atoy” bazasida o’rtoqlik o’yini o’tkazdi. Unda Olim Shokirov shogirdlari “Neftgazmontaj” vakillariga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakuniga yetdi.

O’zbekiston U16 0-0 “Neftgazmontaj”

O’zbekiston U16: Jo’rabekov Samandar, To’xtasinov Toxir, Abdurazoqov Mirkomil, Xusanov Abduqodir, Todorov Kirill, Xabibullayev Nodir, Xayrullayev Alisher, Islamov Rian, Usmonov Muxammadali, Akbaraliyev Shaxzod, Xojiboyev Sardor

Ikkinchi bo’limda maydonga tushganlar: Musulmonov Atxam, Payonov Sunnat, Baxtiyorov Javoxir, Jumaxonov Po’lat, O’rozov Jaxongir, Pazildinov Muxriddin, Assomiddinov Diyorbek, Qoxorjonov Asad, Najafaliyev Bayram, Beglarxanov Asad, Turdimurodov Rustam, Hakimov Aziz, O’rinboyev Muxammadali, Akramov Shaxzod