Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib borayotgan U16 O‘zbekiston terma jamoasi nazorat uchrashuvida “Bunyodkor-2003” vakillariga qarshi maydonga tushdi.

“Bunyodkor” akademiyasi maydonida o‘tgan bahsda o‘smirlar terma jamoasi 2-0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Sardor Xojiboev hamda Rustam Turdimurodov mualliflik qildi.

Nazorat uchrashuvi

U16 O’zbekiston 2-0 “Bunyodkor-2003”

Gol: Sardor Xojiboyev, Rustam Turdimurodov