Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, O’zbekiston U15 terma jamoasi 2023-yilgi U17 Osiyo kubogi saralash bosqichi bahslariga jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda.

Server Jeparov murabbiyligi ostidagi o’smirlarimiz 2-8 avgust kunlari poytaxtimizdagi “Chig’atoy” stadionida mashg’ulot o’tkazdi.

Bugun U15 terma jamoamiz Toshkent-Dushanbe havo reysi orqali Tojikistonga yo’l oldi. O’smirlarimiz 9-14 avgust kunlari Dushanbe shahrida tashkil etiladigan yig’in davomida Tojikiston U15 terma jamoasi bilan ikkita xalqaro o’rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Mazkur o’rtoqlik o’yinlari 11- va 13-avgust kunlari Dushanbedagi “Respublika Markaziy” stadionida bo’lib o’tadi. Bahslar yurtimiz vaqti bilan soat 19.30 da start oladi.