LegalityLens.com is the knowledge base of the legality status, laws, and regulations of steroids, cbd, cannabis, prostitution, modafinil, semaglutide, cryptocurrencies and much more. Find out if anything is legal or illegal in your country!

Bugun, 9-sentyabr kuni Toshkentda 2024-yilgi U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi “E” guruhi 2-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi “Jar” stadionida Gong Kong termasiga qarshi bahs olib bordi va 10:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Husayn Norchayev va Ulug‘bek Hoshimov uch, Abbosbek Fayzullayev, Alisher Odilov va Umarali Rahmonaliyev bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsa, yana bir gol raqib himoyachisi hisobiga yozildi.

Shuningdek, Eron terma jamoasi Afg‘oniston ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Hal qiluvchi 3-turdan o‘rin olgan O‘zbekiston – Eron, Gong Kong – Afg‘oniston uchrashuvlari 12-sentyabr kuni o‘tkaziladi.