Free ebooks Library zlibrary project

Oldin xabar berganimizdek, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi shu kunlarda Toshkentda yig‘in o‘tkazdi.

Bugun terma jamoamiz “Lokomotiv-2003”ga qarshi o‘yin o‘tkazdi va shu bilan poytaxt yig‘inini yakunladi. Uchrashuvda terma jamoamiz 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda o‘smirlarimiz safida gollarni Sardor Xojiboyev hamda Nodir Xabibullayev kiritdi.

Shu bilan terma jamoamiz yig‘inga yakun yasaydi va Minskka yo‘l oladi.

 

O‘rtoqlik o‘yini

17-yanvar 2020, “Chig‘atoy” stadioni

“Lokomotiv-2003” – O‘zbekiston U-16 1:2

Gollar: Sardor Xojiboyev (32), Nodir Xabibullaev (70).

O‘zbekiston U-16: Beknur Parmonov, Abdulaziz Toshkenboyev, Vazgen Pogosyan, Maqsud A’loxo‘jaev, Jahongir O‘rozov, Asad Qaxxorjonov, Nodir Abdurazzoqov, Diyor Inomov, Sardor Xojiboyev, Sarvar Bahodirov, Oblayor Rahmatov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Asror Kenjayev, Bexruz Mahmudov, Aziz Toshpo‘latxonov, Aleksandr Zevadinov, Abdulaziz Fayzullaev, Muhammadali O‘rinboev, Danila Ni, Nodir Xabibullaev, Rian Islomov.