Free ebooks Library zlibrary project

Joriy yilning 4-5-iyun kunlari Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga aʼzo assotsiatsiyalar bosh kotiblari ishtirokida 2020-yilgi onlayn konferentsiya oʼtkaziladi.

Qitʼa futbol uyushmasining barcha mintaqaviy assotsiatsiyalari uchun navbatma-navbat tashkil etiladigan onlayn konferentsiyaning dastlabkisida Markaziy va Janubiy Osiyoda joylashgan futbol assotsiatsiyalari bosh kotiblari qatnashadi. Jumladan, mazkur konferentsiyada OʼFA bosh kotibi Avaz Maksumov ham ishtirok etadi.

Mazkur konferentsiyaning asosiy maqsadi – OFKga aʼzo mamlakatlar futbol assotsiatsiyalari oʼrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash hamda qitʼa futbol uyushmasi tomonidan amalga oshiriladigan dastur, loyiha hamda tashabbuslar boʼyicha yanada toʼliqroq maʼlumot berishdan iborat boʼladi.

Har yili tashkil etiladigan ushbu konferentsiyada bu yil shuningdek, OFKning mintaqaviy assotsiatsiyalari rahbarlari ham qatnashadi.

Ikki kunlik konferentsiya davomida bosh kotiblar zamonaviy futbol boshqaruv tizimidagi soʼnggi yangiliklar, tizimdagi yangi oʼzgarishlar xususida yanada koʼproq maʼlumotlar olish imkoniyatiga ega boʼlishadi.