Free ebooks Library zlibrary project

Ushbu haftada qitʼamizda klublar miqiyosidagi Osiyo chempionlar ligasidan keyingi oʼrinda turadigan OFK kubogi bahslari oʼtkaziladi.

Jumladan, ertaga Tojikiston poytaxti Dushanbeda “Xoʼjand” (Tojikiston) – “Neftchi” (Qirgʼiziston) qarama-qarshiligi kuzatiladi. OFK kubogi-2020 pley-offi javob oʼyiniga komissar sifatida oʼzbekistonlik Ahmed Tillaev tayinlandi. Mazkur bahs hamyurtimiz uchun ushbu musobaqadagi ilk rasmiy oʼyin boʼladi.

 

OFK kubogi-2020 pley-off

“Xoʼjand” (Tojikiston) – “Neftchi” (Qirgʼiziston)

Javob oʼyini | 26-fevral

Bosh hakam: Аhmed Faysal Muhammad Аl-Аli (Iordaniya).

Yordamchi hakamlar: Mahmud Tohir Muhammad Аbu-Tohir, Аbed Аl-Rahmon Naji Mohammad Oqil (Iordaniya).

Zaxira hakami: Muhammad Hasan Mahmud Аrafa (Iordaniya).

Nazoratchi: Okada Masayoshi (Yaponiya).

Komissar: Аhmed Tillaev (Oʼzbekiston).